Skolari Braziliya termasining asosiy tarkibini aniqlab oldimi?
Narzulla Saydullayev
30 may 2014
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Luiz Felipe Skolari Rio-de-Janeyroda mashg'ulotlar vaqtida Konfederatsiyalar kubogi finalida maydonga tushgan futbolchilar bilan ishladi.
"Pentakampeonlar"ning asosiy tarkibini Julio Sezar, Dani Alvesh, Tiago Silva, David Luis, Marselo, Paulino, Luis Gustavo, Xalk, Oskar, Neymar va Fred tashkil etishdi.