

Futbolchining transfer summasi 36 million evroni tashkil etdi. Shuningdek, 6 million evro qo'shimcha bonuslar ko'rinishida to'lab beriladi. Qolaversa, "Sassuolo" futbolchining kelajakdagi sotuvidan ham 10% mablag'ga ega bo'ladi.
Avvalroq 23 yoshli italiyalik o'yinchiga PSJ jiddiy qiziqish bildirayotgani aytilgandi.



