

"Men Messi bilan uchrashdim, uning uyiga juda yaqin joyda yashayman. Jahon chempionatiga kelsak, keyinroq barchasi hal bo'ladi. Biz ko'p narsalar haqida gaplashdik, lekin bu haqda emas - chunki hali vaqt bor. Uni ortiqcha bezovta qilmaslik kerak, u tinchlanib, o'zi qaror qabul qilsin. Keyin esa jamoa uchun nima yaxshiroq ekanligini o'ylab ko'ramiz. Hozircha biz boshqa mavzular haqida gaplashdik, u jahon chempionatida bo'ladimi yoki yo'qmi - bu haqda emas.
Uni taniganlar yaxshi biladi: u hech qachon ortga chekinmaydi. U tug'ma kurashchi, g'alaba qozonishni xohlaydi, o'ynashni xohlaydi, doim o'sha erda bo'lishni istaydi. Bu juda muhim, ayniqsa uning jamoadoshlari uchun - ular kapitanning qanday yo'l tutayotganini ko'rib, milliy jamoaga kelishni, o'ynashni xohlaydilar", - dedi Skaloni AFA Studio YouTube kanalida.



