Skaloni jahon chempioni maqomi haqida: "Endi Argentina uchun har qachongidan ham qiyinroq bo'ladi"

Sherzod Nurmatov
23 mar 2023
Lionel Skaloni Argentinaga jahon chempioni maqomida o'ynash qiyin bo'lishini ta'kidladi.

Eslatib o'tamiz, Argentina terma jamoasi Qatarda bo'lib o'tgan JCH-2022 finalida Fransiyani (3:3, penaltilar seriyasida – 4:2) mag'lub etgandi.

"Men futbolchilarga chempionlik uchun yana bir bor minnatdorchilik bildirdim. Hozir bayram qilish vaqti, lekin hayot davom etmoqda.

Endi biz uchun har qachongidan ham qiyinroq bo'ladi, chunki hamma bizni mag'lub etishni xohlaydi. Hammamizga ko'proq kuch kerak, chunki endi buyog'iga hammasi og'ir o'tadi", – dedi Argentina bosh murabbiyi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TyC Sports