Skaloni Argentina terma jamoasini boshqarishda davom etadi

Sherzod Nurmatov
28 sen 2022
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni 2026 yilgacha jamoani boshqaradi, deya xabar qildi Argentina Futbol Associaciyasi (AFA) rahbari Klaudio Tapiya Twitter sahifasida.

Tapiya federatsiya bundan keyin ham terma jamoani rivojlantirish bo'yicha keng qamrovli loyihaga e'tibor qaratishini ma'lum qildi.

44 yoshli Skaloni JCH-2018 dan so'ng Argentina terma jamoasini Xorxe Sampaolidan qabul qilib olgandi. Argentina terma jamoasi 2021 yilda Amerika Kubogini qo'lga kiritdi. Shuningdek, argentinaliklar JCH-2022 final bosqichiga yo'llanma olishdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/tapiachiqui