Siyavash Haqnazariy Superligada to'p tepgan birinchi eronlik futbolchi bo'ldi

Iskandarov Abdulaziz
28 noya 2022
Joriy mavsum Superliga jamoalari bir nechta xorijlik futbolchilar xizmatidan foydalandi.

AGMK yil boshida o'z safiga eronlik legioner Siyavash Haqnazariyni qo'shib oldi. Futbolchi chempionatimiz tarixida to'p tepgan ilk bor fors o'yinchisiga aylandi. Yarim himoyachi Superligada bu mavsumda 26ta uchrashuvda maydonga tushdi va 5ta gol urdi. Jamoadoshlarining bitta goliga assistentlik qildi. 

U bilan mavsum boshida tashkil qilingan intervyuni mutolaa qilishingiz mumkin. 

"Qosimovdan har kuni yangi narsa o'rganyapman. Jamoadan faqat natija qoladi. O'zbek xalqi mehmondo'st" - AGMKning eronlik legioneri bilan eksklyuziv intervyu


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia