Rasman: OKMK yana bir sobiq futbolchisini qaytardi

Mirjalol Normatov
19 fev 2026
OKMK matbuot xizmati Siavash Haqnazariyning jamoaga qaytganini ma'lum qildi.

"OKMK professional futbol klubi yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish va hujum chizig'idagi taktik imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida o'zining sobiq legioneri Siavash Haqnazariyni ortga qaytardi.

Takidlash joizki, 2022-2023 yilgi mavsumlar davomida eronlik hujumkor yarim himoyachi konchilar safida yorqin o'yin namoyish etib, muxlislar mehrini qozonishga ulgurgan edi. Haqnazariyning so'nggi jamoasi Tojikistonning "Istiqlol" klubi bo'lib, u Dushanbe jamoasi safida 13 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushdi hamda 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi", - deb yoziladi klub bayonotida.



Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ОКМК матбуот хизмати