"Siti" "Sporting" futbolchisi uchun kurashda yetakchi bo'lib oldi

Mirjalol Normatov
26 apr 2019
"Manchester Siti" Lissabonning "Sporting" jamoasi yarim himoyachisi Brunu Fernandeshning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"A Bola" xabariga ko'ra, Angliya jamoasi futbolchini yozgi transferlar oynasi vaqtida jamoasi tarkibiga qo'shib olmoqchi. Shuningdek, u PSJ va "Manchester Yunayted" kabi klublarning qiziqishlari doirasida bo'lib turibdi.

Futbolchining tovon puli 100 million evroga teng. Ammo klub uni 50 million evroga sotishga tayyor.

Bu mavsumda Fernandesh jamoasi tarkibida 48 o'yinda 28 gol urdi va 15 golga assistentlik qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: A Bola