"Siti" Garsiyani "Barsa"ga 17 mln evro evaziga sotishdan bosh tortdi. U kelasi mavsumda "ko'k-anorranglilar" safiga tekinga o'tadi

Alisher
6 okt 2020
"Barselona" "Manchester Siti" bilan himoyachi Erik Garsiya bilan kelishuvga erisha olmadi.

Transferlar oynasi yopilishidan bir necha soat oldin kataloniyaliklar 19 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun 17 million evro+bonuslar taklif qilishdi, ammo "shaharliklar" 22 mln atrofida talab qilib rad javobini berishdi.

Manbaning xabariga ko'ra, "Barselona" Garsiya bilan 2021/22 yilgi mavsumda shartnoma imzolash bo'yicha kelishib olgan.

Himoyachi kelasi yilning iyunida erkin agent maqomida bo'ladi va "ko'k-anorranglilar" futbolchisiga aylanadi.


AlisherMuallif
Manba: ESPN