Siroj Hamroev, Mamur Ikromov, Sanjar Rixsiboev "Xo'jand" bilan xayrlashdi

Aslanov Jasurbek
23 dek 2020
O'tgan mavsumni Tojikiston chempionatining "Xo'jand" jamoasida o'tkazgan uch nafar o'zbekistonlik futbolchi klubni tark etdi.

"Ushbu jamoa sharafini himoya qilgan Siroj Hamroev, Sanjar Rixsiboev va Mamur Ikromovlarning klub bilan shartnomasi yakunlandi. Shu bois ularning jamoa bilan xayrlashganini e'lon qilmoqchimiz. "Xo'jand" klubi futbolchilarning qilgan mehnatini qadrlaydi. Ularning keyingi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz",- deydi klub bergan rasmiy xabarda.

Shuningdek klub direktori Murodjon Umarov ham bu borada fikrlarini bildirib o'tdi. 

"To'g'risini aytaman yakulangan mavsumda tarkibdagi hech bir futbolchiga etirozimiz yo'q. Biz haqiqatdan ham kurashuvchan jamoa tuza oldik. Mavsum avvalida tarkibimizni mahalliy va o'zbekistonlik futbolchilar hisobiga kuchaytirdik. Ularning yil yakunida biz bilan shartnomasi tugadi va jamoadan kyetishdi",- deydi "Xo'jand" direktori Murodjon Umarov.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia