Sirli o'zbek futboli. O'zbekiston U-21 Xitoyga bir murabbiy bilan kyetib, boshqa murabbiy bilan qaytmoqda

Narzulla Saydullayev
9 sen 2018
Kecha Xitoyda o'tkazilgan xalqaro futbol musobaqasida O'zbekiston U-21 terma jamoasi chempionlikka erishdi.

E'tiborlisi ushbu terma jamoani Xitoyga Sunnatilla Abdurasulov bosh murabbiy sifatida olib ketgandi. O'FA rasmiy sayti 3 sentyabr kuni bergan xabarida quyidagi jumlalar yozilgan edi.


Xabardan ko'rinib turibdiki, terma jamoa bosh murabbiyi Sunntilla Abdurasulov edi.


6 sentyabrdagi xabarda ham ushbu jamoa futbolchilari Abdurasulov shogirdlari ekanligi yozilgan. 


Qizig'i, 7 sentyabr kuni endi jamoa ustozi sifatida birdaniga ikki nafar murabbiy qayd etildi.


Bundan ham qizig'i, 8 sentyabr kuni endi jamoa ustozi sifatida Jamshid Saidov qayd etildi va O'FA matbuot xizmati musobaqa yakunlari borasida aynan undan intervyu oldi.


Shu tariqa, Xitoyga boshqa murabbiy bilan jo'nab ketgan O'zbekiston U-21 ortga boshqa murabbiy bilan qaytmoqda. O'zbek futbolida hamma narsa bo'lishi mumkin. 



Narzulla Saydullaev


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia