Sirigu PSJ bilan shartnomani bekor qilib Turin klubiga ko'chib o'tdi

Narzulla Saydullayev
27 iyun 2017, 20:50
PSJ darvozaboni Salvatore Sirigu Fransiya klubini tark etdi. Tomonlar kelishuvni bekor qilishdi.

30 yoshli posbon Torinoga o'tdi. Oldinroq Sirigu Turin klubi bilan 4 yillik shartnoma tuzishi va yiliga 1,3 million evro maosh olishi haqida xabarlar chiqqandi.

Sirigu 2011 yil PSJga Palermodan ko'chib o'tgandi. Parij klubida u 12ta sovrin yutdi.

Oldingi mavsumda posbon Sevilya va Osasuna klublarida ijarada o'ynadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/TorinoFC_1906