Sirigu Atletiko bilan o'yinda 2 daqiqada ikkita penalti qaytardi

Narzulla Saydullayev
16 apr 2017, 01:27
Osasuna posboni Salvatore Sirigu Atletikoga qarshi o'yinda (0:3) qahramonlik ko'rsatdi.

Uchrashuv oxirida italiyalik posbon ikkita penalti qaytardi: 89-daqiqada u Yannik Ferreyra Karraskoning zarbasini qaytargan bo'lsa, 90-daqiqada Tomas Partining zarbasini qaytardi.

Madridliklar bu mavsumda oxirgi 6ta penaltidan gol ura olmadi. Atletiko bu mavsumda 13ta penaltidan 8ta gol urdi xolos.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/atleti