Simone Inzagi: "Oxirgi uch o'yinda "Lacio" 6 yoki 7 ochko yo'qotdi"

Tolibjon Qosimov
14 fev 2017, 19:22
"Lacio" bosh murabbiyi Simone Inzagi "A" seriyaning 24-turi doirasida "Milan"ga qarshi o'yin (1:1) haqida fikr bildirib o'tdi.
"Juda ham alamli natija. Biz g'alaba qozonishimiz kerak edi. "Lacio" darvoza tomon 23ta zarba berdi, lekin faqatgina penaltidan bitta gol urdi. Keyin esa raqib hisobni tenglashtirdi. Jamoam bunday o'yin namoyish etayotganidan faxrlanaman, lekin biz so'nggi ikkita uy o'yinida g'alaba qozonishimiz kerak edi. Imkoniyatlardan foydalanmaslik oyog'imizdan chalmoqda. Oxirgi uch o'yinda biz 6 yoki 7 ochko yo'qotdik. O'sha ochkolarni olganimizda hozir uchinchi yoki to'rtinchi o'rinda bo'lardik", - dedi Inzagi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Football Italia