

Ma'lumotlarga ko'ra, argentinalik mutxassis poytaxt klubi rahbariyatidan futbolchini xarid qilishni so'ragan. Ammo "Atletiko"dagilar Vitoloni xarid qilish qiyin bo'lishini bilishadi. O'yinchining shartnomadagi badal puli 25 mln. evro. Ayni damda futbolchi shartnoma uzaytirish borasida "Sevilya" rahbariyati bilan muzokaralar o'tkazmoqda. Agar tomonlar kelishuvga erishishsa, Vitoloning badal puli oshishi mumkin.



