Simeone sobiq xotinini sudga beradi

Alisher
18 may 2022
Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone sobiq xotini Karolina Baldinini sudga bermoqchi ekanligini aytdi.

Argentinalik mutaxassisning bunday qarorga kelishida Baldinining televideniyada chiqishi va u erda turmush o'rtog'idan ajralish tafsilotlari haqida gapirgani sabab bo'ldi.

"Uning hammasini aytishidan charchadim. Ortga yo'l yo'q. U oila kodeksini buzdi, sabrim tugadi", - deydi Simeone.

Qayd etish kerakki, juftlik 20 yil yashadi va uch nafar farzand ko'rishdi.


AlisherMuallif
Manba: La Nacion