Simeone: "Shifokorlar Jekson Martinesning maydonga chiqishiga ruxsat bermayapti"

Aslanov Jasurbek
17 dek 2015, 14:47
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone jamoa hujumchisi Jekson Martinesga ishonishini aytdi.

"Shifokorlar Jekson Martinesning maydonga chiqishiga ruhsat bermayapti, ammo u mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda. Ko'nglimiz to'q, chunki u yaxshi xolatda ekanligini ko'rib turibmiz. Martines o'sishda davom etishiga umid bildiramiz, chunki u jamoamiz uchun muhim futbolchi bo'ladi" - deydi Simeone.

Martines Kolumbiya va Chili o'rtasidagi JCH-2018 saralashi uchrashuvida (1:1) jarohat olgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca