Simeone "Real" haqida: "Ronaldu ketdi, Ramos ketdi, Benzema ketdi. Klub o'z darajasini saqlab qoldi"

Aslanov Jasurbek
3 fev 2024
"Atletiko" ustozi Diego Simeone "Real" haqida iliq fikr bildirdi.

"Chetdan qaraganda ko'rinmaydigan narsalarni hisobga olish kerak. Ulardagi kuchli mutaxassis jamoani yaxshi boshqarmoqda. Florentino ham o'z ishining ustasi, dunyodagi eng yaxshi klubni zo'r boshqarmoqda. U "Real"dagi futbolchilarning raqobatbardoshligiga juda talabchan.

Ramos ketdi, Ronaldu ketdi, Benzema ketdi, Kasilyas ketdi. Klub esa o'z darajasini saqlab qoldi. Klub ishlarini boshqarish modeli - maqtovga loyiq" - deydi Simeone.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca