Simeone Feliksning navbatdagi dubli haqida: "O'yinida barqarorlik paydo bo'ldi"

Alisher
1 noya 2020
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone La Liga doirasidagi "Osasuna"ga qarshi safardagi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Raqib ko'p bo'sh hududlar qoldirdi va bizda oldingi o'yinga nisbatan golli vaziyatlar ko'proq bo'ldi. Jamoa o'yinni olib borish uchun boshqa variantlarni topadi ("Atletiko" nominal markaziy hujumchilar - Suares va Kostasiz o'ynadi). Biz yaxshi hujum qildik va himoyalandik.

[Feliksning dubli haqida] O'tgan mavsum u ko'p narsalarni boshdan kechirdi va unda jarohat bo'lgan edi. Endi uning o'yinida barqarorlik paydo bo'ldi. O'tgan mavsum u uchun o'tish davri bo'ldi.

Boshqalar misol uchun Ermoso ham yaxshi o'ynadi. Men shuningdek Vitolo va Erreraning o'yinlaridan ham mamnunman. Bugun biz Saul, Karrasko va Suaressiz o'ynadik, ammo biz buni uddaladik", - deydi Simeone.

"Atletiko" La Ligada 22ta o'yin (!)dan buyon yutqazmayapti. Bu hozircha Ispaniya chempionati tarixidagi 4-ko'rsatkich bo'lib turibdi.

Feliks esa bundan oldingi CHL doirasidagi "Zalcburg" (3:2)ga qarshi o'yinda ham 2ta gol urishga muvaffaq bo'lgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Marca