Shveytsariyaning Evro-2016 uchrashuvi uchun kengaytirilgan ro'yxati ma'lum

Narzulla Saydullayev
18 may 2016
Shveytsariya terma jamoasi bosh murabbiyi Vladimir Petkovich Evro-2016 uchun kengaytirilgan ro'yxatini e'lon qildi.

28 futbolchi orasidan Lester yarim himoyachisi Gekxan Inler o'rin olmadi. EVRO-2016 vaqtida Yuventus himoyachisi Shtefan Lixtshtayner sardor bo'ladi.

Darvozabon: Roman Byurki (Borussiya Dortmund), Marvin Xitc (Augsburg), Ivon Mvogo (Yang Boyz), Yan Zommer (Borussiya Menxengladbax);

Himoyachilar: Joan Juru (Gamburg), Niko Elvedi (Borussiya Menxengladbax), Mixael Lang (Bazel), Shtefan Lixtshtayner (Yuventus), Jak-Fransua Mubandje (Tuluza), Rikardo Rodriges (Volfsburg), Fabian Sher (Xoffenxaym), Filipp Senderos (Grassxopper), Stiven fon Bergen (Yang Boyz), Silvan Vidmer (Udineze);

Yarim himoyachilar: Valon Bexrami (Uotford), Blerim Djemaili (Jenoa), Jelson Fernandes (Renn), Fabian Fray (Maync), Renato Shteffen (Bazel), Granit Djaka (Borussiya Menxengladbax), Denis Zakariya (Yang Boyz), Luka Dzuffi (Bazel);

Hujumchilar: Eren Derdiyok (Kasimpasha), Breel Embolo (Bazel), Admir Mexmedi (Bayer), Xaris Seferovich (Ayntraxt Frankfurt), Jerdan Shakiri (Stok Siti), Shani Tarashay (Grassxopper).


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com