Shvetsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Italiyaga qarshi bahsdan so'ng kiyinish xonasini tozaladi

Aslanov Jasurbek
15 noya 2017
Shvetsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Yanne Andersson Italiyaga qarshi JCH-2018 saralash bahsidan (0:0) so'ng, shogirdlari axlat qilgan kiynish xonani tozalab ketdi.

Durang shvedlarga jahon chempionatiga chiqish imkonini berdi. Birinchi o'yin skandinavlarning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan edi.

Futbolchilar mundial yo'llanmasini kiyinish xonasida nishonlashdi. Shvetsiya terma jamoasi psixologi "Tvitter"dagi o'z sahifasida futbolchilar tomonidan qoldirilgan buyumlarni yig'ishtirib yurgan murabbiyning suratini qo'ydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com