Shvetsiya terma jamoasi a'zosi Farruh Ikromovdan uzr so'radi

Narzulla Saydullayev
10 sen 2021
Xabaringiz bor, O'zbekiston terma jamoasi Shvetsiya bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

O'yinning ikkinchi bo'limi boshida Farruh Ikromov raqib himoyachisi Yoakim Nilsson bilan to'qnashib ketdi va jarohat oldi. Kecha Nilsson Instagram orqali futbolchimizdan uzr so'radi.


"Salom, do'stim!

Hozirgina sening tizzangdagi jarohat jiddiy ekani haqidagi xabarni eshitib xafa bo'ldim. Senga jarohat etkazish haqida o'ylamagandim ham, bundan juda ham afsusdaman.

Senga tezroq tuzalib ketishingni tilayman va yana maydonda ko'rish uchun duo qilaman.

Kuchli bo'lib qol!", - deb yozadi Yoakim Nilsson. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia