Shvaynshtayger yozda "Chikago Fayr"ga o'tishi mumkin

Narzulla Saydullayev
21 mar 2017
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtayger yozda MLS ligasiga "Chikago Fayr" klubiga ko'chib o'tishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, germaniyalik futbolchining "qizil iblislar" bilan shartnomasi 2018 yil yozigacha davom etadi. MYU Shvaynshtaygerni yozda bepul qo'yib yuborishga tayyor. Bu mavsumda Germaniya terma jamoasi a'zosi APLda umuman maydonga tushmadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: mlssoccer.com