Shuster: "Messi bo'lmasa "Barselona" to'psiz qoladi"

Mirjalol Normatov
14 avg 2020
"Barselona"ning sobiq futbolchisi va "Real"ning sobiq bosh murabbiyi Bernd Shuster kataloniyaliklar sardori Leo Messi haqida fikr bildirdi.

"Ayni damda "Barselona" har doimgidan ham ko'ra Messiga bog'langan. Messi bir o'zi to'pni olib yurishi, birga-bir vaziyatlarda ustunlik qilishi va gollar urishi, o'yinning borishini hal qilishi mumkin.

Ushbu mavsumda "Barselona" ikki variantda o'ynadi: yoki Messi gol uradi, yoki Messisiz jamoa to'psiz qoladi", - dedi Shuster.

Argentinalik hujumchi Primeroning 33 o'yinida 25 gol va 21 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild