Shuster Gyotcega "Borussiya"ni tark etishni maslahat bermoqda

Aslanov Jasurbek
8 fev 2017, 17:12
So'nggi vaqtda Germaniyada Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Mario Gyotce haqida gap-so'zlar ko'payib ketdi.

Futbolchiga Tomas Tuxel tomonidan o'yin amaliyoti juda kam berilmoqda. "Real" sobiq ustozi Bernd Shuster futbolchiga maslahat berdi.

"Bunday kuchli futbolchi zaxirada o'tirishi men uchun og'riqli. Ko'plab Yevropa klublarida u asosiy tarkib o'yinisi bo'lardi. U Germaniyadan tashqarida o'ynashi kerak. U Ispaniya, Angliya yoki Italiyada o'z kuchiga ishonchni qayta tiklay olishi mumkin" - deydi Shuster.

Gyotce joriy mavsum Bundesliganing 11 ta uchrashuvida maydonga tushib 1ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild