Shunaqasi ham bo'ladi! Giggz, Nevill va Skoulz klubining traktorini o'g'irlab ketishdi

Aslanov Jasurbek
4 sen 2018
Angliya milliy ligasida ishtirok etuvchi "Selford Siti" klubida o'g'irlik yuz berdi.

Jamoa mehmonda uchrashuv o'tkazayotganda klubning traktorini o'g'irlab ketishdi.

Eslatib o'tamiz, "Selford Siti"ning 50% akciyasi "Manchester Yunayted" afsonalari - Rayan Giggz, Pol Skoulz, aka-uka Nevillar va Nikki Battga tegishli.

"Afsuski traktor o'g'irlab ketildi. Agar kimdadir bu haqida ma'lumot bo'lsa, ushbu manzilga yozing: andy.giblin@salfordcityfc.co.uk" - deyiladi klub "tvitteri"da.

Ma'lum bo'lishicha, rahbarlar klubni 15 yil ichida Chempionshipga olib chiqmoqchi. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com