Shukurullo Joniqulov: “NBU-Osiyo”ning tarkibi o'tgan yilga nisbatan ancha kuchli ekan”

Narzulla Saydullayev
6 may 2016
Kecha Birinchi liga 7-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. “Zomin” - “NBU-Osiyo” (2:0) uchrashuvdan so'ng, “Zomin” jamoasi sardorining uchrashuv haqidagi fikri bilan qiziqdik.

-   “Biz o'tgan yilgi mavsumda “NBU-Osiyo” jamoasiga o'z maydonimizda mag'lubiyatga uchragan edik. O'shanda katta ustunlikka erishib, natijada mag'lubiyatga uchrash juda achinarli xolat edi. “NBU-Osiyo” jamoasining tarkibi o'tkan yilga nisbatan ancha kuchli ekan. Shunday bo'lishiga qaramay raqib jamoaga etarli darajada qarshilik ko'rsatib, g'alabani o'z tomonimizga og'dira oldik. Jamoamiz tarkibiga qo'shilgan bir nechta yangi o'yinchilar asta-sekin jamoaga moslashib bormoqda”, - dedi jamoa sardori.

Akmal Raxmatullaev suhbatlashdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia