Shuhrat Toshpo'latov: "Bugun ham raqibga, ham maydon holatiga qarshi o'ynadik"

Aslanov Jasurbek
13 apr 2026, 20:49
Superliga 7-turidan o'rin olgan "Nasaf" – "Buxoro" (1:1) uchrashuvidan keyin "Nasaf" katta murabbiyi Shuhrat Toshpo'latov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Bugungi uchrashuvga to'xtaladigan bo'lsak, g'alabaga ko'proq munosib edik. Bir nechta vaziyatlar yaratdik. Afsuski, birinchi taymda gol ura olmadik. Ikkinchi bo'limda hujumlarimiz sonini oshirib to'p kiritishga muvaffaq bo'ldik.

Shundan so'ng xotirjamlikka berildik shekilli, kutilmaganda gol o'tkazib yubordik. Maydonda o'n kishi qolib ham yaxshi o'yin ko'rsatishga harakat qildik. Ammo oxirgi zarbani bera olmadik. Yigitlarga katta rahmat, bugun ham raqibga, ham maydon holatiga qarshi o'ynadik. Bugungi o'yin uchun futbolchilarimizga va "Nasaf" muxlislariga minnatdorchilik bildiraman.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia