Shuhrat Qurbonov: "Natijani hisobga olmaganda o'yinimizdan qoniqdim"

Aslanov Jasurbek
8 apr 2024
Pro-liganing 5-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Do'stlik" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Shuhrat Qurbonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida


- O'yin teng kurashlar ostida o'tdi. "Xorazm"da ham, bizda ham vaziyatlar bo'ldi. Yana standartdan gol o'tkazib yubordik. Qizil kartochka ham bo'lib qoldi.


- Natijani hisobga olmaganda jamoa o'yinidan qoniqdingizmi?


- Qaysidir vaziyatlarda shunaqa desa bo'ladi. Birinchi turdan boshlab yigitlar harakat qilmoqda. Turli uslublarni qo'llab ko'rayapmiz. Natijani hisobga olmaganda bugungi o'yinimizdan qoniqish hosil qildim.


- Davron Umirov ko'rsatgan o'yin haqida munosabatingiz?


- Tajribali futbolchi. O'z darajasida o'yin namoyish etib berishga harakat qilayapti.


- "Do'stlik" loyihasini maqsadi qanday?


- Maqsadimiz ulkan, kelgusida terma jamoalarga futbolchi etkazib berishni o'z oldimizga vazifa qilib qo'yganmiz. "Do'stlik" tashkil etilganiga bir yildan oshdi, loyiha kelgusida davomli bo'lishiga harakat qilamiz.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia