Shuhrat Qurbonov: "Mashg'ulotlarimiz suniy maydonda o'tayotgani o'yinimizga ta’sir ko'rsatayotgan bo'lishi mumkin"

Administrator
20 mar 2024
Pro-liganing 2-turidan o'rin olgan "Do'stlik" - "Olimpik Mobiuz" (1:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Shuhrat Qurbonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Yigitlarga oxirigacha kurashishgani uchun raxmat aytaman. Qiyin o'yin o'tkazdik.

- Mag'lubiyatga nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz?

- Nazarimda penalti sabab yutqazdik. Yaxshi vaziyatlar yaratayotgandik. Qarshi hujumda bitta gol o'tkazvordik va yana penalti. Shu faktorlar mag'lubiyatimizga sabab bo'ldi deb o'ylayman.

- "Do'stlik" o'tgan turda ham ko'p vaziyatlar yaratgandi. Bugun ham hujumlarni yakunlashda xatoliklar kuzatildi. Vaziyatlardan foydalana olmaslik nima bilan bog'liq sizningcha?

- Mashg'ulotlarni suniy maydonda o'tkazayapmiz. Balki shu faktor ta’sir ko'rsatayotgan bo'lishi mumkin.

- "Do'stlik" o'ziga kelib olishi uchun nechta o'yin zarur deb hisoblaysiz?

- Mashg'ulotlarni tabiiy maydonga ko'chirsak, shunda natijalarimiz yaxshilanishi kerak. Shundan umid qilayapmiz.

- Mag'lubiyatdan keyin navbatdagi o'yinga qadar jamoadagi ruhiy bosimni qanday engib o'tishni reja qilayapsiz?

- Siz to'g'ri aytdingiz, mag'lubiyatdan keyin jamoani o'yinga tayyorlash qiyin bo'ladi. Bunda biz murabbiylar shtabining harakatlari samarasi kerak.

- Tarkibda yo'qotishlar bormidi?

- "Aral" bilan o'yinda 1 nafar markaziy himoyachimiz jarohat oldi. Hozir tarkibimizda yo'qotish faqat shu.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia