Shuhrat Muhammadiev O'zbekiston chempionatida 200ta o'yin o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
30 avg 2020
"Lokomotiv" himoyachisi Shuhrat Muhammadiev Superliganing 13-turida "Nasaf"ga qarshi bahsda o'zining yubiley uchrashuvida maydonga tushdi.

1989 yilda tug'ilgan himoyachi Qarshining "Nasaf" klubi safida 89 marta, Muborakning "Mashal" klubi tarkibida 55 bor maydonga tushgan. 13-turda "Nasaf"ga qarshi kechgan uchrashuv Muhammadiev uchun "Lokomotiv" libosida Superligadagi 56-o'yin bo'ldi. 200ta uchrashuvda himoyachi raqiblar darvozasiga 6ta gol urgan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia