Shuhrat Maqsudovning Xitoyga olib ketadigan tarkibi

Ma'lumki, Shuhrat Maqsudov bosh murabbiylik qilayotgan O'zbekiston U-22 olimpiya terma jamoasi ertaga Xitoyga jo'nab ketadi.
U yoqqa borishdan maqsad, bir haftalik yig'in o'tkazish va Xitoy U-22 terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushish. O'yinlar 21 va 23 iyunda bo'lib o'tadi.

Quyida Xitoyga borib keladigan tarkibni keltirib o'tamiz. Shuni aytish lozim, eng ko'p futbolchi “Paxtakor”dan chaqirilgan - 9 nafar. 

Darvozabonlar: Akmal Tursunboev ("Paxtakor"), Sergey Smorodin ("Andijon"), Abror Karimov ("Olmaliq"), Abdumavlon Abdujalilov ("Neftchi").

Himoyachilar: Muhsin Ubaydullaev ("Paxtakor"), Javlon Mirabdullaev ("Andijon"),  Maksimilian Fomin ("Neftchi"), Bobur Yo'ldoshev, Sardor Rahmonov (ikkisi "Lokomotiv"), Tohir Shamsiddinov (“Navbahor”).

Yarim himoyachilar: Abbos Maxsitaliev, Jaloliddin Masharipov, Jamshid Iskanderov, Vladimir Kozak (barchasi “Paxtakor”), Diyor Turopov (“Olmaliq”), Abdulla Nabiev ("Dinamo"), Abdulloh Olimov ("Neftchi"), Sardor Sobirxo'jaev ("Bunyodkor"), Ikrom Aliboev, Quvondiq Ro'ziev (ikkisi "Lokomotiv").

Hujumchilar: Igor Sergeev, Abdulaziz Yusupov, Timur Hakimov (uchalasi “Paxtakor”), Jasur Hakimov (“So'g'diyona”).

Manba: championat.asia