Shuhrat Maqsudov: "Hakamlar haqida mavsum davomida gapirmadim..."

Aslanov Jasurbek
24 noya 2021
O'zbekiston Coca-Cola kubogi yarim final bosqichidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Bunyodkor" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Shuhrat Maqsudov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Jamoamga etiroz yo'q. Yigitlarga o'yin uchun rahmat aytdim, kiyinish xonasida ularni ruhlantirdim. "Paxtakor" juda kuchli jamoa, buni o'yinda ham ko'rsatib berishdi. Tarkibida xalqaro maydonlarda harakat qilgan tajribali futbolchilari bor. Bundan tashqari "Paxtakor"da o'zim o'ynaganman, shu klubda nom qozonganman. Shu sababli bugungi mag'lubiyat menga dalda bo'lib turibdi. 

Bizning futbolchilar yaxshi harakat qilishdi. Yana bir bor "Paxtakor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Penaltilar seriyasi bu - lotoreya. Ushbu lotoreyada biz yutqazib qo'ydik.

- O'yindagi hakamlik haqida fikringiz qanday? Ular o'yin natijasiga ta’sir ko'rsatadigan qarorlar qabul qilishmadimi?

- Hakamlar haqida mavsum davomida umuman gapirmadim. Bu borada bir marta "emagan somsam uchun" pul to'lab bo'ldim. Ularni nazorat qiluvchi qo'mita bor. Juda qo'ymasangiz aytaman, bugungi o'yindagi hakamlik uchun etirozim yo'q. Akobirxo'ja Shukurillaev yaxshi inson va unga omad tilayman.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia