“Avvalombor mehmonlarni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun har ikkala jamoa futbolchilariga oson bo'lgani yo'q. Bugungi issiq ob-havoda futbol o'ynash qiyin. Bugungi uchrashuvda yirik mag'lubiyatga ham, g'alabaga ham erishishimiz mumkin edi. Oxir-oqibat tarkibida tajribali futbolchilari bor jamoa g'alabani ilib ketdi. Muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. Ular bugun jamoamizni qo'llab-quvvatlashdi, futbolchilar ham borini berib o'ynashdi, ularga ham rahmat aytaman.”-deya gap boshladi Fayziev.
-Mavsum boshidan beri kuzatib kelyapmiz, jamoa birinchi bo'limda yaxshi o'ynayapti, lekin ikkinchi bo'limga kelib buning aksini ko'rmoqdamiz. Nega?
-To'g'ri, jamoamiz jismonan ancha sust. Lekin hozir buni to'g'rilash ancha qiyin. Davralar orasida buning ustida ishlash kerak bo'ladi.
-Nega Xaushi zahirada qoldirildi?
-U ko'p xatolar qila boshladi va aynan uning xatosidan so'ng “Shurtan”dan uchinchi golni qabul qilib oldik. Shu sababli uni bugun zaxirada qoldirdik.
-Mag'lub bo'lgan bo'lsak ham, lekin bugun jamoa harqachongiga nisbatdan yaxshiroq o'ynadi. Bu aynan sizning mashg'ulotlaringizdan keyin bo'ldi. Aynan siz nimani o'zgartirdingiz?
-Jamoamizda hujumchi yo'q. Men Jamol Ubaydullaevni hujumchi poziciyasiga qo'ya boshladim. Yana bir bor aytaman, futbolchilar borini berib o'ynashdi.
-Keyingi rejalar qanday?
-Hozircha hech qanaqa reja tuza olmaymiz. Bu o'yin bizga rahbariyat tomonidan so'nggi imkoniyat sifatida berilgandi. Yutsalaring ishlaysanlar, yo'qmi, arizani yozinglar deyilgandi. Shu sababli ertaga nima bo'ladi, ayta olmayman.