"Shturm" - AEK uchrashuvida muxlislar qanot hakamining boshini yorishdi FOTO + VIDEO

Narzulla Saydullayev
10 avg 2018
Yevropa ligasi doirasidagi Avstriyaning "Shturm" va Gretsiyaning AEK klublari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi.

Mazkur o'yin vaqtida muxlislardan biri pivo to'ldirilgan idishni maydonga qarab uloqtirdi. U esa qanot hakamining boshiga tegdi. Natijada qanot hakamining boshi yoriladi. Uchrashuv 30 daqiqaga to'xtab qoladi va keyin oxirigacha etkazildi.  

Bahs 2:0 hisobida AEKning g'alabasi bilan tugadi. Hozircha UEFA bu o'yin borasida qaror chiqarmadi. Katta ehtimol bilan "Shturm" o'z muxlisi tufayli evrokuboklardan chetlatiladi. 




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia