Shtefan Lixtshtayner: "Real" tarkibida faqat Ronaldu xavfli futbolchi emas"

Aslanov Jasurbek
11 may 2015
"Yuventus" himoyachisi Shtefan Lixtshtayner "Real"ga qarshi Chepionlar ligasi yarim final javob uchrashuvidan oldin jamoadoshlari Ispaniyada e'tiborliroq bo'lishi kerakligi haqida ta'kidladi.
"Bizda kuchli ijrochilar yig'ilgan. Ikki yil oldin Chempionlar ligasini yutgan "Bavariya"ga mag'lub bo'lganmiz. Mavsumda davomida o'yindan-o'yinga o'sib bordik va bu bizni kuchimizga bo'lgan ishonchni oshirishda katta ahamiyat kasb etdi. Ammo "Real" tarkibida faqat Krishtianu Ronaldu emas, balki barcha futbolchilar xavfli ekanligini yodda tutish kerak" - deydi Lixtshtayner.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: football.kulichki.net