

- "Lokomotiv" o'tgan mavsumda sizga yaxshigina taklif bilan chiqqandi. O'sha taklifni rad etganingizga afsuslanmaysizmi?
- Yo'q, nima uchun afsuslanishim lozim? Peshonada yozilgan bo'lsa o'ynaymiz qaysi jamoada bo'lsa ham. Aksincha, menga o'yin amaliyoti juda zarur.
- Jamoa o'zgartirish vaqti kelmadimikin?
- Menimcha xa, bu vaqt yetib keldi. Nasib qilsa, endi kuchliroq jamoada o'ynayman.
- Ikkinchi davrada "Obod" Oliy ligada ishtirok etmasligi haqida gap-so'zlar avj olmoqda...
- Bundan xabarim yo'q. Rahbariyat bu borada bizga xech narsa degani yo'q. Ular bilan gaplashib olamiz.
- Demak, jamoani o'zgartirishga qarshi emassiz?
- Agar boshqa klublardan taklif tushsa ko'rib chiqishga tayyormiz.


