Shouga jarohat etkazgan Moreno Xerakles futbolchisini ham jarohatladi

Narzulla Saydullayev
20 sen 2015
PSV himoyachisi Ektor Moreno Gollandiya chempionati 6-turidan o'rin olgan Xeraklesga qarshi o'yinda (1:2) yarim himoyachi Ussama Tannanega jarohat etkazdi.

27 yoshli meksikalik futbolchi 21 yoshli marokashlik futbolchining oyog'iga kuchli zarba berdi. Tannane 75-daqiqada almashtirildi.

Eslatib o'tamiz, hafta o'rtasida Moreno YCHL doirasidagi Manchester Yunaytedga qarshi o'yinda himoyachi Lyuk Shouning oyog'ini sindirgandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru