

Misr terma jamoasini 2018 yilgi jahon chempionatiga olib chiqqan argentinalik murabbiy Ektor Kuper Afrika jamoasi bilan xayrlashgach, O'zbekiston terma jamoasida ishlagan.
2019 yilgi Osiyo kubogi doirasida Turkmanistonga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida u "oq bo'rilar"dagi faoliyati butkul boshqacha bo'lishini takidlagan:
"Bizning Misr bilan hech qanday aloqamiz yo'q. O'yin uslubimiz men Misrda qo'llagan uslubga o'xshamaydi.
Hammasi boshqacha. Misrdagi o'yinimizga o'xshash jihatlar bo'lishi mumkin, ammo biz hozir qo'llayotgan tizim butkul farq qiladi.
Bugungi kunda muxlislarni tinchlantirish qiyin, chunki siz bellashuvda g'alaba qozonishingiz, to'pni ko'proq nazorat qilishingiz va yaxshi o'yin ko'rsatishingiz kerak. Barchani rozi qilish oson emas".
Eslatib o'tamiz, 69 yoshli mutaxassis o'sha yilning sentyabr oyida Falastinga imkoniyat boy berilgach, iste'foga chiqarilgan, uning so'nggi ish joyi esa Suriya terma jamoasi hisoblanadi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.



