Shou Mourinyo sabab “Manchester Yunayted”dan ketish haqida o'ylay boshladi

Aslanov Jasurbek
19 mar 2018
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa himoyachisi Lyuk Shouga sovuq munosabatda bo'lyapti.

Avvalroq Mour Shouni Angliya Kubogi 1/4 finali doirasidagi “Brayton”ga qarshi o'yinda Eshli Yangga almashtirgandi. O'shanda murabbiy Shouga berilgan ko'rsatmani bajara olmaganlikda ayblagan edi. 

Bu holatda Lyuk jamoadan ketish haqida ham o'ylab qoldi. Boisi, oldinda JCH-2018 turibdi. Angliya terma jamoasi tarkibidan olish esa oson bo'lmaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: