Shota Arveladze: "Krasnodar"da ishlash men uchun qiziq bo'lardi"

Alisher
6 yanv 2022, 12:53
"Paxtakor" sobiq bosh murabbiyi Shota Arveladze Viktor Goncharenkoning iste'fosidan so'ng "Krasnodar"ni boshqarishga qarshi emas.

"Menga bunday jamoa bilan ishlash qiziq bo'lardi, "Krasnodar" - yaxshi klub. Oldinroq menga bunday taklif kelib tushgandi, ammo hozir emas", - deydi Arveladze.

48 yoshli murabbiyning so'nggi ish joyi "Paxtakor" bo'lgan edi. U toshkentliklar bilan ikki bor O'zbekiston chempioni va ikki bor mamlakat kubogi sohibiga aylangan edi.

Arveladze O'zbekistonga qadar Turkiyaning "Kayserispor", "Qosimposhsho" va "Trabzonspor", shuningdek Isroilning "Makkabi" jamoalarida ishlagan.


AlisherMuallif
Manba: sportrbc.ru