“Sho'rtan” tarkibiga Malayziya chempionatida o'ynagan futbolchi qo'shildi

Xayrulla Xoliqov
6 fev 2018
Mavsumga tayyorgarlik o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'z qarorgohida olib borayotgan “Sho'rtan” jamoasi Bahodir Shoymardonov va Akmal Saitqulov qo'l ostida kuniga ikki mahaldan mashg'ulot olib bormoqda.

Kecha jamoa safiga Malayziya chempionatida o'ynab qaytgan “Mashal” tarbiyalanuvchisi Sirojiddin Rahmatullaev kelib qo'shildi. Rahmatullaevdan tashqari voha futbolining yoqimtoyi Otabek Narzullaev ham “oq bo'rilar” mashg'ulotida ishtirok etmoqda.

Darvozabon Alibek Turobov “Andijon” tarkibiga yo'l olgan bo'lsa, Hasanboy Ergashev Oltiariqning “Iftixor” jamoasiga o'tib ketdi. "Sho'rtan" tarkibida "Mashal"dan kelgan Xolmurod Xolmurodov bilan "Metallurg"da o'ynagan Farhod Nomozov ham shug'ullanishmoqda.

Faxriddin Choriev.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia