Shoqurbonov xodimlar bilan xayrlashdi, PFLni vaqtincha Diyor Imomxo'jaev boshqarib turadi

Xayrulla Xoliqov
22 may 2020
Kecha tunda PFL bosh direktori Davron Shoqurbonov ishdan bo'shagani haqida xabar bergandik.

Bugun ma'lum bo'lishicha, Shoqurbonov tashkilotda birga ishlagan xodimlar bilan iliq xayrlashgan hamda barchaga omad tilagan. Shuningdek, PFL sobiq rahbari buyog'iga Diyor Imomxo'jaev tashkilotni boshqarib turishini aytgan. 

Ma'lumki, Diyor Imomxo'jaev shu paytgacha PFL bosh direktori o'rinbosari vazifasida ishlab kelayotgandi. Ushbu tashkilotga rasman kim rahbar bo'lishini esa vaqt ko'rsatadi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia