Shomurodovning operaciyasi muvaffaqiyatli o'tdi - "Kalyari"

Sherzod Nurmatov
19 dek 2023
"Kalyari" O'zbekiston terma jamoasi sardori xususida bayonot berdi.

"Bugun futbolchimiz Eldor Shomurodovning oyog'ida jarrohlik amaliyoti o'tkazildi. Muolaja Rimdagi "Villa Styuart" klinikasida professor Attilio Stanuchchi tomonidan va klubning tibbiy bo'limi boshlig'i Marko Skorku ishtirokida amalga oshirildi. Operaciya muvaffaqiyatli o'tdi", – deyiladi klub xabarida. 

Avvalroq Shomurodov safga qaytishi uchun 1,5 oy talab qilinishi haqida xabar berilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: cagliaricalcio.com