Shomurodovning golsiz seriyasi 6 oyga yaqinlashib qoldi

Eldor Akmurzayev
23 avg 2020
Biroz oldin, RPL 4-turidan o'rin olgan “Rostov” – “Ufa” bahsi (1:0) o'z yakuniga etdi.

Rostovliklar hujumchisi Eldor Shomurodov mazkur bahsda ham o'z nomini tabloga yozdirib qo'ya olmadi. U so'nggi bor 2020 yilning 29 fevralida (5 oy, 25 kun oldin) “Ahmat”ga (1:1) qarshi bahsda gol urgandi.

Bugungi uchrashuvni ham qo'shib hisoblasak, Eldorning golsiz seriyasi 12 o'yindan beri davom etmoqda. 

Eslatib o'tamiz, Valeriy Karpin shogirdlari keyingi turni 26 avgust kuni uyda "Ural"ga qarshi o'tkazadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia