Shomurodovning 7 oy davom etgan golsiz seriyasi yakunlandi

Eldor Akmurzayev
24 sen 2020
Ayni daqiqalarda Yevropa Ligasi 3-saralash bosqichidan o'rin olgan “Rostov” – “Makkabi” (Xayfa) bahsi davom etmoqda.

Uchrashuvning 9-daqiqasidayoq mezbonlar forvardi Eldor Shomurodov hisobni ochib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

Shu tariqa, o'zbekistonlik hujumchining 15 o'yinlik (208 kun) golsiz seriyasi yakunlandi. U so'nggi bor RPL o'tgan mavsumida “Ahmat”ga (1:1) qarshi o'tkazilgan 29 fevraldagi uchrashuvda raqib darvozasiga to'p kiritgandi.

Qayd etish joiz, Eldor bugun ushbu musobaqada debyutini o'tkazmoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia