Shomurodovni xarid qilishi mukinligi aytilgan "Lion" klubi boshqa hujumchi bilan muzokaralarni boshlab yubordi

Memfis Depay va Jeff Ren-Adelaidlar jarohatlangani bois "Lion" qishda hujum chizig'ini kuchaytirishga harakat qilmoqda.

"L’Équipe" nashri xabariga ko'ra, francuz klubi "Vilyarreal" hujumchisi Karl Toko-Ekambini o'z safida ko'rmoqchi. Tomonlar allaqachon muzokaralarni boshlab yuborishgan. "Vilyarreal" klubi rahbariyati futbolchini 20 million evroga baholamoqda. "Lion" esa hujumchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan, yozga qadar ijaraga olmoqchi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Parijning "Le matin de Paris" nashri "Lion" nishonidagi asosiy nomzod sifatida hamyurtimiz Eldor Shomurodovni ko'rsatgandi.


Manba: L’Équipe