Shomurodovga qiziqish bildirgan "Lechche" xorvatiyalik hujumchi bilan shartnoma tuzdi

Sherzod Nurmatov
27 avg 2024
Rebich erkin agent sifatida "Lechche"ga o'tdi.

"Milan" 2023 yilda futbolchini 2 mln evroga "Beshiktosh"ga sotgandi. 



Rebichga Italiya A Seriyasi begona emas. U bungacha Italiyada "Fiorentina" va "Verona" jamoalari sharafini himoya etgan.

Rebich o'tgan mavsum 23 o'yinda qatnashib, 1 ta gol va 5 ta golli pasga mualliflik qilgan.

Avvalroq "Lechche" O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovga qiziqayotgani ma'lum bo'lgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uslecce.it