Shomurodov va "Rostov"ning boshqa futbolchilari gubernator bilan uchrashdi

Aslanov Jasurbek
1 mar 2019
Kecha, 28 fevral "Rostov" futbolchilari viloyat gubernatori Vasiliy Golubev bilan uchrashishdi.

"Rostov Arena"da bo'lib o'tgan uchrashuvda klub prezidenti Artashes Arutyunyanc, bosh murabbiy Valeriy Karpin va asosiy tarkib futbolchilari ishtirok etishdi.

"Region rahbari jamoani Rossiya Kubogi yarim finaliga chiqqani bilan tabrikladi va mavsumning ikkinchi qismida jamoaga omad tilab, "Rostov" uy o'yinlariga ko'plab muxlislar tushayotganini alohida ta'kidlab o'tdi" - deyiladi klub rasmiy saytida.






Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fc-rostov.ru