Shomurodov va Bayramyan sochini kalga oldirmaydigan bo'ldi

Eldor Akmurzayev
6 okt 2019
Rossiya chempionati 12-tur SSKA – Rostov bahsining (1:3) qahramonlaridan biri bo'lgan mehmonlar a'zosi Xoren Bayramyan o'yindan keyin o'z fikrlarini bildirdi.

Bayramyan jamoa ustozi Valeriya Karpin bilan bo'lgan kelishuv haqida aytib o'tgan. 

“4 tur oldin barcha terma jamoa yig'inidan qaytganidan so'ng, Valeriy Georgievich shunday dedi: agar keyingi tanaffusgacha 2ta gol urmasang, sochingni kalga oldirasan. Shomurodov bilan ham xuddi shunday edi, lekin, unga uchta gol yuklatilgandi. Oxirgi uchrashuvda biz vazifani uddaladik va soch bilan qoldik, – deydi bugun dublga erishgan futbolchi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport-express